Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ayollar milliy terma jamoasi Tojikiston darvozasini 12 bor ishg‘ol qildi

Qirg‘izistonda start olgan “Umid kubogi-2019” musobaqasini O‘zbekiston milliy terma jamoasi muvaffaqiyatli boshladi, deb xabar berdi O‘FA.

Futbolchi qizlarimiz ilk o‘yinda Tojikistonni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi.

Tojikiston – O‘zbekiston 0:12

Hakamlar: Veronika Bernatskaya, Ramina Soy, Seit Dolotkeldi uulu, Yerlan Osmonov.

Gollar: Nilufar Qudratova (29), Umida Zoirova (2, 87), Lyudmila Karachik (4, 30, 39), Dildora Nozimova (38, 60, 61, 85), Dioraxon Habibullayeva (69, 71).

O‘zbekiston: Laylo Tilalova, Mohira Jo‘raboyeva, Tanzilia Zarbiyeva, Nilufar Qudratova, Malika Burxonova, Maftuna Shoyimova (Rushaniya Safina, 46), Soliha Husniddinova, Umida Zoirova, Lyudmila Karachik (Dioraxon Habibullayeva, 46), Kamila Zaripova (Laylo Shodiyeva, 65), Dildora Nozimova.