Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Baxshi-shoir uy muzeyida hashar

Mamlakatimizda ilk bor o‘tkazilgan umumxalq ekologik  hayriya hasharida Samarqand viloyati madaniyat va san’at hodimlari ham faol ishtirok etdi.

Shu kuni boshqarma tasarrufidagi teatrlar, bolalar musiqa va san’at maktablari, madaniyat va aholi dam olish markazlarida tozalash-obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Madaniyat va istirohat bog‘lari hududi, ariqlar va yo‘laklar tartibga keltirildi.

Xayriya hashari, ayniqsa viloyatning Qo‘shrabot tumanida bunyod etilayotgan buyuk baxshi-shoir Ergash Jumanbulbul o‘g‘li uy muzeyida uyushqoqlik bilan o‘tdi. Muzey hududi, baxshi-shoir haykali va maqbarasi atrofi tozalandi, muzeyning bog‘ qismidagi daraxtlarga shakl berilib, manzarali daraxt ko‘chatlari o‘tqazildi.