Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bayden Al-Qoidaning Afg‘onistondagi yetakchisi yo‘q qilinganini e’lon qildi

AQSh prezidenti Jo Bayden Afg‘onistonda aksilterror operatsiyasi o‘tkazilishi chog‘ida “Al-Qoida” yetakchisi Ayman az-Zavohiriy o‘ldirilganini ma’lum qildi.

"Adolat qaror topdi va bu terrorchi yetakchi yo‘q qilindi. Zavohiriylar oila a’zolari jabrlanmagan va tinch aholi orasida qurbonlar yo‘q", - deya tasdiqladi AQSh prezidenti.

U, shuningdek, AQSh Afg‘onistonning yana terrorchilar boshpanasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligini ta’kidladi.

AQSh ma’muri ismini oshkor qilmaslik sharti bilan jurnalistlarga ma’lum qilishicha, Zavohiriy 30 iyul kuni kechqurun Kobuldagi uyda o‘ldirilgan va unga ikkita Hellfire raketasi otilgan.

Vashington Tolibon rasmiylarini raketa hujumi haqida oldindan ogohlantirmagan, degan Oq uy vakili.

Zavohiriy Al-Qoida yetakchisi Usama bin Ladenning shaxsiy shifokori sifatida ishlagan. 2011 yilda AQSh bin Ladenni yo‘q qilganidan so‘ng, u “Al-Qoida”ni boshqargan.

AQSh Davlat departamenti avvalroq Zavohiriyni qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 25 million dollargacha mukofot va’da qilgan edi.