Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bayram munosabati bilan turizm sohasida qanday imtiyozlardan foydalanish mumkin?

3 dekabr kuni O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning «2020 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida»gi farmoni tasdiqlangan.

Unga ko‘ra, mamlakatimiz fuqarolari uchun Yangi yil, Navro‘z va Mustaqillik bayramlari munosabati bilan 3 kunlik dam olish imkoni beriladi. Dam olish va ishlanmaydigan bayram kunlarida fuqarolarning mazmunli hordiq chiqarishi, oila davrasida ko‘proq vaqt birga o‘tkazishi va yurtimiz bo‘ylab sayohat qilishiga qo‘shimcha sharoit yaratiladi.

Turizm sohasidagi tadbirkorlik sub’yektlarining tashabbusiga ko‘ra, respublikadagi 315 ta joylashtirish vositasida xizmatlar uchun - 50 foizgacha, 90 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasida esa xizmatlar uchun 60 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar e’lon qilindi.

Jumladan, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayramini munosib o‘tkazish hamda ichki turizmni yanada rivojlantirish maqsadida “Uzbekistan Airways” AJ tomonidan 2021 yil 1-3 yanvar kunlari bayramni nishonlash davrida aviakompaniyaning barcha mahalliy qatnovlariga quyidagi chegirmalar joriy etildi:

- individual yo‘lovchilar uchun – 30 foiz;

- turistik guruhlar (5 va undan ortiq kishi), maktab o‘quvchilari, kollej o‘quvchilari, litseylar, oliy o‘quv yurtlari, IIV, MV, DXX, DSQ, O‘zR DBQ va boshqa idoralarning maxsus o‘quv yurtlari talabalari va tinglovchilari uchun – 40 foiz;

- oila (2 va undan ortiq kishi, ya’ni:

- er va xotin, er va xotin va ularning 18 yoshgacha bo‘lgan bolalari, 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan ota yoki 18 yoshgacha bolasi bo‘lgan onalar) uchun – 50 foiz;

- nafaqaxo‘rlar uchun – 50 foiz;

- nogironligi bo‘lgan kishilar uchun – 50 foiz.

O‘zbekistonda ichki turizmga ruxsat berilgani munosabati bilan mamlakatimiz fuqarolarining dam olishini mazmunli tashkil etishda ularning salomatligi va xavfsizligi ta’minlanib, sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilinadi.