Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bayroq – faxr-iftixor ramzi!

Urgut tumani markazi hamda tumanning chegara oldi hududidagi Jartepa massivida o‘rnatilgan bayroq atrofida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganligining 28 yilligi munosabati bilan bayram tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida maktab o‘quvchilarining ijodiy ko‘rgazmalari, turli sport musobaqalari, musiqa va san’at maktablari tarbiyalanuvchilarining badiiy chiqishlari namoyish etildi.