Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Belgilangan yaylovda 1450 bosh o‘rniga 4 000 bosh qo‘y boqilgani fuqarolarning noroziligiga sabab bo‘lgan

Ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani markaziga 6 ming bosh qo‘y haydab kelish bilan bog‘liq tarqalgan videolavha yuzasidan Samarqand viloyati IIB axborot xizmati ma’lumot berdi.

Unda aytilishicha “Holat 2021 yil 6 aprel kuni soat 16:00 larda sodir bo‘lgan.

Respublika Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi tomonidan “Samarqand qorako‘l klaster” MChJ korxonasiga 151 ming gektar hamda “SP LUXE” MChJ qo‘shma korxonasiga 197 243,4 gektar yaylov yer maydonlari ajratilgan.

Klaster “SP LUXE” MChJ va Qorako‘lcha massivida faoliyat ko‘rsatayotgan “Sohibkor Hojiakbar” fermer xo‘jaligi o‘rtasida 49 yilga 834 gektar yaylov yer maydonini ijaraga olish bo‘yicha shartnoma tuzilgan bo‘lib, shartnomada 1450 bosh mayda shoxli mollarni boqish ko‘rsatilgan bo‘lsa-da, ushbu yer maydonida fermer xo‘jaligi rahbari tomonidan 4 mingdan ziyod chorva mollari boqilganligi Qilichli mahallasi fuqarolarining noroziligiga sabab bo‘lgan. Oqibatda klasterning 1450 bosh qo‘ylari mahalliy aholi tomonidan 2021 yil 6 aprel kuni soat 16:00 larda tuman markaziga haydab kelingan.  

Shundan so‘ng, tuman hokimi, tuman ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i boshchiligida “SP LUXE” MChJ qo‘shma korxonasi ish boshqaruvchisi hamda fuqarolar bilan yig‘ilish o‘tkazilib, “SP LUXE” MChJ rahbari “Sohibkor Hojiakbar” fermer xo‘jaligi o‘rtasida tuzilgan shartnomani bekor qilinishi mutasaddilar nazoratiga olindi.

Yuqoridagi kabi holatlar takrorlanmasligi maqsadida aholining chorva molllari uchun ayni vaqtlarda yuqoridagi klaster korxonalari tomonidan mahalla fuqarolar yig‘inlariga mas’uliyati cheklangan jamiyatlar tashkil etgan holda, birinchi navbatda qishloq aholisi chorva mollari uchun ajratilishi bo‘yicha kelishib olindi”.

P\S: Avvalroq, kanalimizda “Nurobod tumani hokimligi oldiga qo‘ylar suruvi nega olib kelindi?” sarlavha ostida xabar berib, ushbu holat yuzasidan tuman hokimligi mas’ullari ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilayotganini yozgandik.

Birozdan so‘ng kanalimizga Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati tomonidan o‘tkazilgan ushbu tadbirda ishtirok etgan tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Abdurashid Do‘stmurodov hamda "SP LUXE" klasteri ta’sischisi Ikrom Islomov fikrlarini joylashtiramiz.