Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bemor fuqaro shifokorlar kuzatuvida vatanga qaytarildi

Rossiya Federatsiyasining Omsk shahridagi qurilish kompaniyalaridan birida vaqtincha ishlab kelayotgan R.Akbarov ismli fuqaro betob bo‘lib, shifoxonada davolanib chiqdi.

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi xabar berishicha, shifokorlar unga ishlash va samolyotda uchish hayoti uchun xavfli ekanligini ma’lum qilgan.

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasining Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Novosibirsk shahridagi vakolatxonasi, qurilish korxonasi hamkorligida bemor fuqaro shifokorlar kuzatuvi ostida “Moskva-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan poyezd orqali vatanga qaytarildi.