Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Besh yilda bog‘chaga bolalar qamrovi 21 foizdan 65,4 foizga yetdi

2017 yilda Samarqand viloyati bo‘yicha 564 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatib, ularda 63 621 nafar bola, maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning 21 foizi qamrab olingan bo‘lsa, bugun viloyatimizdagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 2 798 taga yetib, 223 ming nafar bola (65,4 foiz) qamrab olinishi ta’minlandi.

Maktabgacha ta’lim sohasida oilaviy bog‘cha, davlat-xususiy sherikchilik asosidagi bog‘cha degan tushunchalar paydo bo‘ldi. 9 750 o‘rinli 106 ta davlat-xususiy sheriklik bog‘chalari tashkil etish uchun tadbirkorlarga 166 milliard so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratildi. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil etilishi hisobiga 5 250 nafar ishsiz fuqaro ish bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, ilk marotaba bolalarni majburiy bir yillik maktab ta’limiga bepul tayyorlov tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish mexanizmi ishga tushirildi. 667 ta bepul majburiy bir yillik maktab ta’limiga tayyorlash guruhlariga 19 mingdan ziyod 6 yoshli bolalar qamrab olinib, ularning qamrovi 40 foizdan 71 foizga yetkazildi.