Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bilasizmi?: Nobel mukofotiga kim asos solgan?

U 1833 yil 21 oktyabrda Shvetsiya poytaxti Stokgolm-da tug‘ilgan, kimyogar, ixtirochi, sanoatchi. 1842 yilda Alfred 9 yoshga kirganda ular Rossiyaga ko‘chib kelishadi. 1850 yilda Yevropa bo‘ylab uzoq safarga chiqadi. Parijda kimyoni chuqurroq o‘rganadi. AQShda bug‘ mashinasi ixtirochisi, shved Jon Eriksson bilan uchrashadi. Undan ko‘p narsani o‘rganadi. 1958 yilda Alfred ota-onasi bilan Stokgolmga qaytadi va poytaxt yaqinida otasi qurib bergan kichkinagina kimyo laboratoriyasida izlanishlarini davom ettiradi. 1863 yilda poroxdan foydalanib detonator yordamida nitroglitserinni port-latish usulini kashf etadi.

"Nitroglitserin-LTD" kompaniyasini tuzib, zavod quradi. Ixtirosini takomillashtirib, yasalgan portlagich "dinamit yoki Nobelning  xavfsiz portlagich kukuni" deb nomlandi, u 1867 yili patent bilan himoyaga olingan. Bu ixtiro Alfred Nobelning obro‘si va boyligini oshirdi. Oltmish uch yillik umri nihoyasida u yana bir kashfiyotga qo‘l urdiki, haligacha hech kim bunday yuksak insonparvarlik xislatini namoyon eta olgani yo‘q. Umri oxirlashganini sezgan Alfred Nobel vasiylariga vafotigacha orttirgan sotiladigan barcha mol-mulkini qimmatbaho qog‘ozga aylantirib, jamg‘arma tashkil qilish, undan keladigan foizni o‘tgan yilda insoniyatga eng katta foyda keltirganlarga mukofot tarzida berishni vasiyat qilib qoldiradi.

Vasiyatga ko‘ra, har yili Nobel mukofoti besh yo‘nalishda - fizika, kimyo, fiziologiya va tibbiyot, adabiyot, tinchlikka hissa qo‘shgan namoyandalarga berib boriladi.

Fizika va kimyo sohasidagi mukofotlar Shvetsiya qirollik akademiyasi, fiziologiya va meditsina sohasidagilar - Stokgolm qirollik Karolin instituti, adabiyot sohasidagilar - Shvetsiya akademiyasi, tinchlik mukofoti - Norvegiya parlamenti saylaydigan besh kishilik qo‘mita tomonidan berilishi kerak.