Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

BILIB OLING, AMMO UNUTMANG

Hayotda uch narsani ehtiyot qilib ishlating:

- Qadamni;

- Qalamni;

- Qasamni.

Uch narsani pok tuting:

- Tanani;

- Kiyimni;

- Xayolni.

Uch narsani ishga soling:

- Aqlni;

- Himmatni;

- Sabrni.

Uch narsadan parhez qiling:

- Gunohdan;

- Afsusdan;

- Faryoddan.

Uch narsani bulg‘amang:

- Qalbni;

- Tilni;

- Ko‘zni.