Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bir kunda ikkita fermer rejani bajardi

Oqdaryo tumanidagi 152 ta fermer xo‘jaligi bu yil 5761 gektar maydonda g‘o‘za parvarishladi. 120 ta terim otryadiga birlashtirilgan mahallalardagi uyushmagan aholi va fermer xo‘jaliklari a’zolaridan iborat 10 mingga yaqin terimchilarning mehnati evaziga 1,5 ming gektar maydonda birinchi terim ishlari yakunlandi va hozirgacha har gektarda terilgan hosil 31 sentnerni tashkil etmoqda.

Mavjud 18 ta muqobil mashina traktor parklarining barchasida terim ishlari qizg‘in davom etmoqda. Tashkil etilgan sayyor kassalar orqali har 5 kunda terim pullari tarqatilmoqda. Ilg‘or terimchilarni yanada rag‘batlashtirish maqsadida tumanda 12 oktyabrdan boshlab har kilogramm qo‘lda terilgan paxta xomashyosi uchun 1000 so‘mdan haq to‘lanmoqda.

Tumandagi 4 ta sektorda ham ilg‘or terimchilar sektor boshliqlari tomonidan doimiy rag‘batlantirib borilmoqda. Shuningdek, tumandagi “Mirzo” va “Oqdaryo Yangiobod” fermer xo‘jaliklari har gektardan 31 sentnerdan xirmon ko‘tarib, tumanda birinchilardan bo‘lib davlatga paxta sotish shartnoma rejasini bajarishdi. Shu munosabat bilan tuman hokimi F.Abilov xo‘jalik boshliqlari G‘.Asrorov va A.Daminovlarni televizor va boshqa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirladi.

Oqdaryo tumani hokimligi matbuot xizmati.