Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bir maktabning uch o‘quvchisi xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi

Joriy yilning 14-15 dekabr kunlari Navoiy viloyati Navoiy shahrida sportning karate turi bo‘yicha bolalar va o‘smirlar o‘rtasidagi xalqaro turnirda Paxtachi tumanining 9-umumiy o‘rta ta’lim maktabining uch nafar o‘quvchisi munosib ishtirok etdi.

Maktabning 8-sinf o‘quvchisi Navro‘za Yusupova 40 kilogramm vazn toifasida 1-o‘rinni, 2-sinf o‘quvchisi Zafar Rahmatov 30 kilogramm vazn toifasida 2-o‘rinni, 1-sinf o‘quvchisi Shoxro‘z Toirov o‘z vazn toifasida faxrli 2-o‘rinni egalladi.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.