Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Birgina shirin so‘zning o‘zi bir dunyo sadaqadir...

✏️ Kursilar sotib olib masjidlarga hadya qiling.

Namozxonlar o‘tirib namoz o‘qishsa sizga ajri boradi inshaa Alloh.

 ✏️ Xonangiz darchasiga qushlar uchun ozgina suv yoki ushoqlarni sepib qo‘ying. Buni o‘zingizga odat qilib oling.

 ✏️ Eskirib qolgan kiyimlaringiz (ko‘ylak, shim, paypoq) bo‘lsa, agar qodir bo‘lsangiz yangisini sotib olib ishchilarga tarqating..

 ✏️ Xonangizga kichkinaroq sandiqcha qo‘yib qo‘ying. Har safar gunoh ish qilganingizda 1000 so‘mdan solib turing. Bir oydan so‘ng sandiqcha ichidagi pullarni olib sadaqa qilib yuboring. Har oyda shunday qilishga odatlaning.

 ✏️ Uyga kirganda va uydan chiqqanda o‘qiladigan duolarni yozib, imorat eshigiga osib qo‘ying. Har kim kirganda va chiqqanda o‘qisa ajri sizga ham boradi.

 ✏️ Maoshingizdan bir qismini yetimlarni ta’minlash uchun olib qo‘ying.

 ✏️ Agar uyingizning oldida ishchilar ishlayotgan bo‘lsa, ularga muzdek suv va sharbat taqdim eting. Bu ishingiz sizdan na vaqt, na pul va na mehnat talab qiladi.

✏️ Masjidlardan biriga mushafni olib borib qo‘ying. Har safar o‘qishganlarida sizga ajri boraveradi. Qur’ondagi har bitta harf uchun o‘nta hasanot yoziladi. Endi undan kelayotgan ajrlarni tasavvur qilavering.

 ✏️ Agarda suv idishingizda ozgina bo‘lsa ham suv qolgan bo‘lsa, oldingizdan chiqqan o‘simlikni sug‘orib, vafot etganlar ruhiga bag‘ishlang.

 ✏️ Musulmonning qalbiga xursandchilik bag‘ishlang. Ayniqsa g‘amga botganlarning dilini xushnud eting.

 ✏️ O‘tgan ketganga tabassum qiling, o‘tirganlarga salom bering. Chunki birgina shirin so‘zning o‘zi bir dunyo sadaqadir...