Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bitiruvchi talabalarga bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi

Samarqand davlat universitetida bitiruvchi kurs talabalari uchun Samarqand turistik markazidagi bo‘sh ish o‘rinlari taqdimoti o‘tkazildi.

Tadbir "Ipak yo‘li" turistik markazi va Samarqand viloyati turizmni rivojlantirish departamenti, “Eriell” xalqaro loyihalar kompaniyasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Samarqand shahrining sayyohlik salohiyati kundan-kunga ortib bormoqda. 2019-2020 yillarda shaharga 4 millionga yaqin sayyoh kelgani buning isbotidir. Lekin turistlarga xizmat ko‘rsatish sifati talab darajasida emas. Taqdimotda shu yo‘nalishdagi masalalar muhokama etildi.

“Eriell” kompaniyasi menejeri Xurshid Hojimetovning aytishicha, viloyat eshkak eshish havzasi yonida qad rostlayotgan yangi turistik markazga mehmonxona xizmatchilari, boshqaruvchilik lavozimlariga ingliz va rus tillarini biladigan yoshlar taklif etilmoqda. Talabalar uchrashuv vaqtidayoq o‘zlariga yoqqan mutaxassisliklar bo‘yicha ishga kirish anketalarini to‘ldirdi. 

Otabek Sa’dullayev,

SamDU talabasi.