Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Biznes-ombudsman: 2 oy davomida ajratilmay kelingan kredit 4 kunda berilishi ta’minlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (Biznes-ombudsman)ning Samarqand viloyatida faoliyat yurituvchi xodimlariga shu yilning birinchi choragida 150 dan ortiq murojaat kelib tushgan.

Murojaatlarning 65 tasi qanoatlantirilgan, 74 tasiga huquqiy tushuntirishlar berilgan, 1 tasi tegishligi bo‘yicha idoraga yuborilgan, 10 tasi ko‘rib chiqish jarayonida.

Murojaatlarni asosiy qismi kredit ajratish, kredit muddatlarini uzaytirish, infratuzilma va boshqa masalalarga tegishli.

Masalan, Paxtachi tumanida faoliyat yurituvchi “Paxtachi avtotex” MChJ rahbari M.To‘raqulov Xalq bankidan 1 milliard 960 million so‘m miqdorida kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Biznes-ombudsman xodimlari tomonidan uning murojaati ko‘rib chiqildi. Holat qonuniy o‘rganilgach, 4 kun muddatda tadbirkorga kredit ajratilishi ta’minlandi.

Bundan tashqari, Paxtachi tumanida faoliyat yurituvchi "Abdulloh Muhammadali Samarqand Savdo" MChJ rahbari S.Esonov Xalq bankidan 500 million so‘m miqdorida kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgan. Biznes-ombudsman aralashuvi bilan ushbu masala ham qisqa muddatda ijobiy yechimini topdi.

Shodibek Hamroyev,

Biznes-ombudsman xodimi.