Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Bobur” MMTP viloyatimizda birinchi bo‘lib paxta rejasini bajardi

Past Darg‘om tumanidagi “Bobur” muqobil mashina traktor parki fermerlari  viloyatimizda birinchilardan davlatga paxta sotish shartnoma rejasini bajardi.

Mazkur hududdagi fermer xo‘jaliklari a’zolari 234 gektar maydonga “Omad” navli g‘o‘za parvarishlab, qabul maskanlariga 689 tonna xomashyo yetkazish majburiyatini olishgandi. Bugun ushbu majburiyat 107 foizga bajarildi va umumiy hosildorlik gektariga 30 sentnerni tashkil etdi.

O‘ktam XUDOYBERDIYEV.