Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bojxonachi ayollar orasida mohir sportchilari ko‘p

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi 8 mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan “Biz sport bilan hamnafas” shiori ostida sport musobaqasi tashkil qildi.

Unda tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar sportning shashka, stol tennisi, arg‘imchoqda sakrash, badminton va darts bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.

G‘oliblar Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida aniqlanadi. Ularga boshqarma tomonidan qimmatbaho sovg‘a beriladi.

Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati.