Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bojxonachilar 10 ming qutiga yaqin tamaki mahsulotlarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yishdi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida tamaki mahsulotlarining bojxona chegaralari orqali noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yishdi.

Tezkor tadbir davomida Bekobod shahrida Q.D., S.O. lar qo‘shni davlat bilan chegaradosh hududidan 118 million so‘mlik 9500 quti tamaki mahsulotlarini noqonuniy tarzda olib kirayotganlarida to‘xtatib qolindi.

Shuningdek, “Oybek” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo‘shni davlatdan piyoda holda kirib kelgan fuqaro F.Z. ning qo‘l yuklari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida yozib ko‘rasatilmagan va og‘zaki so‘rovda taqdim qilinmagan, qiymati 1,5 million so‘mlik 130 dona quti tamaki mahsulotlarini olib kirish vaqtida to‘xtatib qolindi.

Yana bir holatda “Bekobod” temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan aniqlandi. Qo‘shni davlatdan “Bekobod” temir yo‘l bekati orqali tranzit yo‘lovchi poyezdida kirib kelgan fuqaro Q.M. og‘zaki so‘rovdan so‘ng qo‘l yuklari xolislar ishtirokida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada uning yuklari orasidan bojxonachilarga ma’lum qilinmagan 1,3 million so‘mlik 130 quti tamaki mahsulotlari borligi fosh etildi.

Davlat bojxona qo‘mitasi xabariga ko‘ra, hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.