Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bojxonachilar giyohvandlik vositalari saqlanayotgan xonadonni aniqlashdi

Bojxona organlari giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tizimli ravishda kurash olib bormoqdalar.

Jumladan, Davlat bojxona qo‘mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan poytaxtimizdagi tumanlarning birida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida fuqaro A.B.ning yashash xonadoni ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv jarayonida ushbu shaxsning xonadonida 3 tup nasha o‘simligi parvarishlanayotganligi va saryog‘ qutisida saqlanayotgan 0,71 gramm marixuana giyohvandlik vositasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.