Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga Tracker hamda 100 million so‘m mukofot puli topshirildi

Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan boks bo‘yicha jahon chempionatida umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyiga Prezident sovg‘asi topshirildi, deb xabar beradi boks federatsiyasi matbuot xizmati.

Mamlakat bosh jamoasi jahon chempionatida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu yutuqlarda terma jamoa bosh murabbiyi Marat Qurbonovning xizmatlari e’tirof etildi. 11 oktyabr kuni esa Marat Qurbonovga Prezident sovg‘asi — Tracker avtomobili va 100 million so‘m miqdoridagi mukofot puli uchun sertifikat topshirildi.

Taqdirlash marosimida Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Rustam Shoabdurahmonov, MOQ vitse-prezidenti va boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Po‘latov, MOQ va O‘zbekiston boks federatsiyasi mutasaddilari ishtirok etdi.