Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bolakayga zulm qilgan tarbiyachi ishdan olindi, vazirlik bunday holatlarda xususiy bog‘cha litsenziyasini bekor qilish tarafdori ekanini bildirdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqanddagi "Baby land" xususiy bog‘chasida suratdagi bolakayga zulm qilishgani, uni urib badanining turli joylariga shikast yetkazishganligi aks etgan suratlar tarqalgan edi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi holat yuzasidan o‘rganishlarini ma’lum qildi.

Dastlabki o‘rganish natijalariga ko‘ra, kichik guruh tarbiyachisi I.D. tomonidan 2022 yil 24 mart kuni 2019 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi U.F.ga tan jarohatini yetkazilganligi yuzasidan tarbiyalanuvchining onasi I.Sh. tomonidan Samarqand tumani IIBga yozma ravishda murojat qilingan.

Hozirgi kunda tuman IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Tadbirkor tomonidan tarbiyachi I.D. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Maktabgacha ta’lim vazirligi bunday holatlarda xususiy bog‘chalarni litsenziyasini bekor qilish masalasini ilgari suradi, deyiladi vazirlik xabarida.