Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bolgariyada noto‘g‘ri emlash o‘n ming kishi hayotiga zomin bo‘lgani haqida xabar berildi

Bolgariya sog‘liqni saqlash vaziri Stoicho Katsarovning ta’kidlashicha, rasmiylarning koronavirusga qarshi emlashni tashkil qilishdagi xatosi o‘n ming kishi hayotiga zomin bo‘lgan. Uning nutqini Nova telekanali namoyish etdi.

Katsarovning ta’kidlashicha, keksa va surunkali kasalliklarga chalinganlarda vaksina vaziyatni murakkablashtirishi emlash dasturida ko‘zda tutilmagan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusning ikkinchi to‘lqinida o‘limning taxminan 80 foizini qariyalar tashkil etadi.

"Bu hayotlarni saqlab qolish mumkin edi", deya qo‘shimcha qildi u.

Shuningdek, vazir logistika yomonligi va vaksinalar bo‘yicha muzokaralar paytida Bolgariya keyinchalik yetkazib berishda muammolar bo‘lgan AstraZeneca preparatini afzal ko‘rganligini ham shunday xatolar sifatida aytib o‘tdi.