Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bosh og‘rig‘ini dori-darmonsiz qanday qoldirish mumkin?

Bosh og‘rig‘iga sabab bo‘luvchi omillar bir qancha. Og‘riqdan dori-darmonsiz qutulishga uringan ma’qul. Ana shunday usullardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.

Bosh og‘rig‘ida muzdek kompresc foyda berishi mumkin. Muzday suvga botirilgan matoni peshona va chakkaga qo‘yamiz. Yana ham yaxshi foyda berishi uchun tuz (0,5 litr suvga 1 osh qoshiq tuz) yoki cirka (1 litr suvga 1 osh qoshiq cirka) qo‘shish mumkin.

Choy — bosh og‘rig‘iga qarshi sinalgan vositadir. Qora yoki ko‘k choyni damlab yalpiz qo‘shamiz. Ta’bga ko‘ra shakar ham solsa bo‘ladi. Issiqqina ichsangiz og‘riq 10-15 daqiqada o‘tib ketadi.

Yalpiz efir moyi ham bosh og‘rig‘ida yaxshi samara beradi. Yalpiz efir moyi bilan chakkalar uqalanadi. Yelka va bo‘yin ham qo‘shib uqalansa charchoqni olib tez foyda beradi.

Oddiy suv yordamida bosh og‘rig‘idan xalos bo‘lamiz. Bosh og‘rig‘ining oddiy va ko‘p uchraydigan sabablaridan biri — suvsizlanishdir. Shunday ekan kun davomida yetarli miqdorda suyuqlik iste’mol qilish — bosh og‘rig‘ining oldini oladi.