Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bosh prokuratura ijtimoiy tarmoqlardagi xabarlar yuzasidan kunlik monitoring o‘tkazmoqda

Prokuratura organlari tomonidan OAV va ijtimoiy tarmoqlarning kunlik xabarlari monitoringi amalga oshirilib, prokuratura organlari aralashuvini talab qiladigan qonunbuzilishlar haqidagi xabarlarni to‘liq va atroflicha ko‘rib chiqilishi ta’minlanmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, OAV va ijtimoiy tarmoqlarda Majburiy ijro byurosi faoliyati, ko‘rsatilgan kommunal xizmatlardan norozi bo‘lish, mehnat nizolari bilan bog‘liq masalalar, tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilish, fuqarolarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, tergov organlarining harakatlari hamda chiqarilgan sud qarorlaridan norozi bo‘lish mavzusidagi xabarlarni tashkil etmoqda.

Monitoring davomida yuqorida qayd etilgan xabarlar vakolat doirasida o‘rganilib, natijasi bo‘yicha qonunchilikda nazarda tutilgan choralar ko‘rgan holda tegishli munosabat bildirib kelinmoqda.

Xususan, «Facebook» ijtimoiy tarmog‘ining «Xalq fikri/Mneniye naroda» guruhi foydalanuvchisi S.Z. tomonidan qoldirilgan «Vchera sotrudnik Kabmina oskorbil grajdanina, segodnya yego uje uvolili. Eto sotrudnik u vxoda v MIB Zangiatinskogo rayona, takoy je xam, odnako yego pokrivayut rukovoditeli. Obratite vnimaniye na yego pozu, odejdu, - eto MIB eto norma» xabari Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida, Byuroning Zangiota tumani bo‘limining nazorat tekshiruv posti xodimi qabulga kelgan fuqaroga nisbatan qo‘pol muomalada bo‘lgani aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan Byuroning Zangiota tumani bo‘limining nazorat-tekshiruv posti xodimi kelgusida aholi bilan xushmuomalada bo‘lishi yuzasidan profilaktik suhbat o‘tkazilib, “hayfsan” intizomiy jazosi qo‘llanilgan.

Shuningdek, «Diqqat Telegram» kanalida fuqaro tomonidan video murojaat joylashtirilib, unda «Videomurojaatda bu oilaga 2 xonali uy ajratish qarori chiqarilgan... Viloyat prokuraturasi bu ishni orqaga surib asossiz ravishda uy berishni orqaga cho‘zayotgani va prokuror qabuliga ham kirolmayotgani aytiladi» mazmunida qoldirilgan xabar zudlik bilan o‘rganildi.

O‘rganish natijasida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi 285-sonli qarori ijrosi yuzasidan Qarshi shahar hokimligida tuzilgan hududiy komissiya tomonidan muallifning otasi nomida bo‘lgan uy-joyda onasi o‘z farzandlari bilan yashashi uchun yetarlicha sharoit borligi sababli uy-joyga muhtoj emasligi haqida qaror qilingan.

Ushbu masala yuzasidan viloyat prokuraturasida bir necha marotaba qabul qilingan ariza muallifiga otasi A.X. nomida bo‘lgan uy-joyda onasi farzandlari bilan birga yashab kelishi uchun barcha shart-sharoitlar yetarli ekanligi ma’lum qilinishiga qaramasdan, onasining nomiga yangi uy-joy olish istagi borligini ta’kidlab kelgan.

Murojaatlarni o‘rganish jarayonida muallifning oilaviy (moddiy) sharoiti o‘rganilib, R.X. Islom Karimov nomidagi texnika universitetida kontrakt asosida o‘qiyotganligi inobatga olinib, prokuratura organlari tashabbusi bilan o‘qishining 1-bosqichi uchun 4 million so‘m kontrakt pulini to‘lashda amaliy yordam ko‘rsatildi.

O‘z navbatida, onasi N.B.ga televizor va kir yuvish mashinasi olib berilib, mahalla fuqarolar yig‘ini tomonidan nafaqa tayinlanishiga amaliy yordam ko‘rsatildi.

Prokuratura organlari tomonidan bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.