Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Boshqarma boshlig‘i iqtidorli yoshlar bilan uchrashdi

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Zebiniso Shodiyeva ona tili va adabiyot, o‘zbek tili, rus va xorijiy tillardan o‘tkazilgan fan olimpiadasining viloyat bosqichi g‘olibi bo‘lgan bir guruh o‘quvchi-yoshlar bilan uchrashdi.

Boshqarma boshlig‘i o‘quvchilar bilan suhbatlashib, ularning qiziqishlari, qaysi oliy ta’lim muassasasiga hujjat topshirishi va kelajakdagi rejalari haqida suhbatlashdi.

Suhbat davomida o‘quvchilarga fan olimpiadasining respublika bosqichiga mustahkam tayyorgarlik ko‘rish zarurligi va ularning natijalari Samarqand viloyati natijasi ekanligi haqida to‘xtaldi.

Shundan so‘ng o‘quvchilar bilan olimpiadaning respublika bosqichiga tayyorgarligi, bilim darajasini yana bir bor aniqlash maqsadida diagnostik test sinov mashg‘ulotlari o‘tkazilib, fan metodistlari tomonidan tahlil qilindi.

Ushbu tadbir davomida o‘quvchilardan test va yozma ishlar olinib,  bo‘shliq mavzulari aniqlandi hamda  ular ustida ishlash bo‘yicha  metodik tavsiyalar berildi.

O‘quvchilarga boshqarma boshlig‘ining badiiy kitoblardan iborat esdalik sovg‘alari topshirildi.

D.Abdurahmonova,

viloyat xalq ta’limi boshqarmasi metodisti.