Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Boymatlik otaxon rahmat aytish uchun hokimning qabuliga keldi

Paxtachi tumani Boymat qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Ismoil Turdialiyev o‘tgan yilgi sayyor qabulda Erkinjon Turdimovga qishlog‘iga toza ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qilgandi. Murojaatdan so‘ng Boymat qishlog‘idagi 1200 dan ortiq aholi, 15-maktabgacha ta’lim tashkiloti, 35-umumta’lim maktabi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Viloyat hokimining bugungi qabulida murojaat qilgan Fay mahallasidan Sofiya Toshbotirova va Nayman mahallalik Hasanxon Mirzayevga nogironlik aravachalari berildi.