Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bozor, supermarket, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxona va dorixonalar yopilmaydi

Toshkent shahrida dehqon bozorlari, shifoxonalar, dorixonalar va turli taomlarni yetkazib berish xizmati faoliyati to‘xtatilmaydi. Bu haqda hokimlik matbuot xizmati xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, poytaxtda koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar, jumladan, jamoat transporti harakatining to‘xtatilishi aholi orasida boshqa turli mish-mishlar avj olishiga sabab bo‘lgan.

“Ma’lum qilamizki, aholining kundalik ehtiyoji inobatga olingan holda dehqon bozorlari, supermarketlar, oziq-ovqat do‘konlari, shifoxonalar, poliklinikalar, aptekalar, turli taomlarni yetkazib berish xizmati faoliyati to‘xtatilmaydi. Ular avvalgi tartibda ishlashni davom ettiradi”, deyilgan xabarda.