Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bozorlarda jamoat tartibini saqlash Milliy gvardiya bo‘linmalariga yuklatildi

Viloyatlar markazlaridagi ommaviy tadbirlarni o‘tkazishda hamda istirohat bog‘lari, xiyobonlar va bozorlarda jamoat tartibini saqlashni tashkil etish bevosita Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan amalga oshiriladi. Bu haqda Prezident Farmonida belgilandi.

Shuningdek, 2022-2023 yillarda tuman ichki ishlar organlari tarkibidagi konvoy bo‘linmalari bosqichma-bosqich viloyat ichki ishlar organlarining bevosita bo‘ysunuviga o‘tkazilib, yagona boshqaruv tizimi asosida tumanlararo xizmat o‘tash tamoyiliga muvofiq qayta tashkil etiladi.