Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bu hafta ham dollar va yevro narxi tushdi

Markaziy bank 18 fevraldan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari 9528,49 so‘mni tashkil etib, o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 10 so‘m 67 tiyinga arzonlashdi.

Yevro kursi 119,35 so‘mga tushib, 10 319,35 so‘mni tashkil etdi.

Rubl kursi o‘tgan haftaga nisbatan 1,30 tiyinga ko‘tarildi va 1 rubl 150,07 so‘m etib belgilandi.

Eslatib o‘tamiz, Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.