Bu yilgi haj mavsumining ilk tug‘ilgan chaqalog‘iga "Madina" deb ism qo‘yildi
- 18.07.2019 10:38
- 156
- O‘zbekiston
Saudiya Arabistoniga haj uchun tashrif buyurgan hindistonlik juftlik farzandli bo‘lishdi. Saudiya Arabistoni ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu 2019 yilgi haj mavsumining ilk chaqalog‘i.
Ota-onasining Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning muborak shaharlariga muhabbatlari ifodasi o‘laroq yangi tug‘ilgan qizaloqqa "Madina" deb ism qo‘yildi.
"Har yili haj mavsumida o‘nlab chaqaloqlar tug‘iladi", - deyilgan muslimaat.uz xabarida.
Bu yilgi haj mavsumi 9-14 avgustga to‘g‘ri kelishi xabar qilingan.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Milliy kurashni rivojlantirishga e’tibor kerak
- Bugun, 15:17
- Sport
Bergan ham, olgan ham jazolanadi
- Bugun, 10:25
- Jinoyat va jazo