Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Eron, Xitoy va Qirg‘iziston yetakchilari Samarqandga yetib keladi

Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov ShHT sammitiga tashrif buyurayotgan mehmonlar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Sammitning birinchi oliy martabali mehmoni – Mo‘g‘uliston Prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux Samarqandga yetib keldi.

Shuningdek, ayni daqiqalarda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi o‘rinbosari Rozmari Di Karloning tashrifi kutilmoqda.

Bugun Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiyning rasmiy tashrifi boshlanadi. U Samarqandga tushdan so‘ng yetib keladi, oliy darajadagi muzokaralar bugunning o‘zida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv yakunida savdo, kooperatsiya, innovatsiyalar, transport, energetika, turizm va boshqa yo‘nalishlarda hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, bugun kunning ikkinchi yarmida Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovlar ham Samarqandga yetib keladi.

Qolgan barcha mehmonlar tashrifi esa ertaga, 15 sentyabr kuni kutilmoqda.