Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi

Kecha Gretsiyaning Iraklion shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati start oldi.
 
Dunyo birinchiligida 6 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Bugun, yana sanoqli daqiqalardan keyin -55 kilogramm vazndagi atletimiz Jamila Panfilova o‘z chiqishi bilan hamyurtlarimizning jahon chempionatidagi ishtirokini boshlab beradi.
 
5 may kuni -73 kilogramm vaznda Og‘abek To‘xtayev, 7 may kuni -89 kilogramm vaznda Hojiakbar Olimov, 9 may kuni -102 kilogramm vaznda Sharofiddin Amriddinov va -87 kilogramm vaznda Tursunoy Jabborova supachaga chiqadi.
 
10 may kuni esa og‘ir vaznli - (+109 kilogramm) Mirhosil Mirzaboyev bellashuvini boshlaydi.
 

Jahon chempionati 10 mayga qadar davom etadi va unda dunyoning 61 mamlakatidan 300 nafardan ziyod sportchi medallar uchun supachaga chiqadi.