Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Samarqand shahrida 589 nafar mehmon kutib olinadi

Samarqand temir yo‘l vokzalida “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivali va uning doirasidagi tadbirlarda ishtirok etuvchi mehmonlarni kutib olish ishlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, bugun 25 avgust kuni “Samarqand” xalqaro aeroporti va  temir yo‘l vokzali orqali Turkiya, Misr, Gollandiya, Bangladesh hamda Argentina, Iroq, Afg‘oniston, Qozog‘iston, Hindiston va Eron davlatlarining musiqiy jamoalari va boshqa ishtirokchilardan iborat jami 589 nafar mehmonni kutib olish rejalashtirilgan. Bu haqda Samarqand shahar hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.