Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Samarqandda avtobuslar 64-66 yo‘nalishida yuradi

Ertalab bekatda turgandim. 44 raqami yozilgan avtobus kelib to‘xtadi. Chiptachi yigit avtobusdan tushib: “Doshkolniy, Gum, Hokimiyat, Respublikanskiy, Siyob bozor”, deya baqirib odam chaqira boshladi. Hayron bo‘lib, chiptachi yigitga savol nazari bilan qaradim. U darhol fikrimni uqib: “Chiqing, chiqing, bu 64 avtobusi”, dedi.

Avtobusga chiqsam haydovchi kim bilandir telefonda gaplashayotgan ekan: “Hozir 64 yo‘nalishida ketyapman, qaytishimda 66 yo‘nalishida odam olaman. Kecha planga yana 100 ming qo‘shildi”, dedi. Birozdan so‘ng haydovchi yonidan o‘tib ketayotgan avtobus haydovchisiga: “Baba, qalaysan?! Bugun hamma 64-66 yo‘nalishida yuradi, zo‘r ishlaymiz”, dedi baqirib. Savol tug‘iladi: Unda boshqa bekatda turgan yo‘lovchilar kun bo‘yi avtobus kutib sarg‘ayishadimi?

Taraqqiyotimizdan aylanay, faqat bizda avtobuslar xohlagan yo‘nalishda harakatlanishi mumkin. Qoyil qolmasdan ilojimiz yo‘q!