Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun Samarqandlik dzyudochilar Sardor va Diyora Osiyo-Okeaniya chempionatida oltin medal uchun bahs olib boradi

Ayni paytda Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida o‘tkazilayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo-Okeaniya chempionati o‘tkazilmoqda.

Unda samarqandlik dzyudochilar Diyora Keldiyorova va Sardor Nurillayev raqiblarini yengib, finalga yetib keldi. Ularning har ikkalasi Osiyo chempionligi uchun tatamiga chiqadi.

Oltin medal uchun o‘tkaziladigan bahsda viloyatimiz vakillari -66 kilogramm vazn toifasi Sardor Nurillayev Janubiy koreyalik raqibi An Baul bilan, pastdarg‘omlik Diyora Keldiyorova esa Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan Park Da Sol bilan kuch sinashadi.

-60 kilogramm vazn toifasida bronza medali uchun bo‘lib o‘tadigan bahsda yana bir viloyatimiz sportchisi Kemran Nurillayev qirg‘izistonlik raqibi Kubanichbek Aybek uglu bilan tatamida duch keladi.

Shuningdek, respublikamiz sportchilaridan Gulnur Muratbayeva, Sita Kadambayeva va Nilufar Yermaganbetova bronza medali uchun kurashadi.

Husan Eltoyev.