Jahon matbuot erkinligi kuni: Bu qachon joriy qilingan?

3 may - Jahon matbuot erkinligi kuni.

1993 yilda BMT Bosh Assambleyasida 3 may sanasini "Xalqaro matbuot erkinligi kuni" deb e’lon qilish va shu kunda Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanishi haqida maxsus rezolyusiya qabul qilingan. O‘shandan buyon har yili 3 may kuni dunyo bo‘ylab Xalqaro matbuot erkinligi kuni sifatida nishonlanadi.

Har yili shu kun munosabati bilan BMT dunyo davlatlaridagi matbuot erkinligi hisobotini e’lon qiladi.

BMTning fan, madaniyat va san’at bo‘limi bo‘lmish YuNESKO esa shu kunda dunyo jurnalistlari orasidan o‘zining dolzarb maqolalari bilan matbuotda chiqish qilgan bir nafar jurnalistni maxsus mukofot bilan taqdirlaydi. Mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat. Bu mukofot 1997 yilda, kolumbiyalik jurnalist Gilermo Kano o‘ldirilishi ortidan joriy qilingan.