Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugundan ish haqi miqdori oshadi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2019 yil 31 dekabrdagi qaroriga asosan:

2020 yil 1 fevraldan, ya’ni bugundan boshlab byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta’minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.

2020 yil 1 fevraldan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida:

- mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so‘m;

- pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so‘m;

- eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so‘m;

- bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so‘m;

- zarur ish stajiga ega bo‘lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so‘m etib belgilangan.

Bazaviy hisoblash miqdori o‘zgarishsiz qoldirilgan – 223 000 so‘m.