Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugundan Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi chegara punktlari ochildi

Epidemiologik vaziyatning barqarorlashayotganidan kelib chiqib, Qozog‘iston 11 apreldan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Rossiya bilan quruqlikdagi o‘tkazish punktlarida davlat chegarasini kesib o‘tishiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qildi.

Shuningdek, Qozog‘iston davlat chegarasini havo orqali kesib o‘tish bo‘yicha ham barcha cheklovlar olib tashlandi.

Bunda Qozog‘iston fuqarolari va mamlakat hududida yashash uchun ruxsatnomaga ega bo‘lgan xorijliklar hamda o‘zaro emlash pasporti mavjud bo‘lgan chet el fuqarolari uchun PZR usulidan foydalangan holda Covid-19 testining manfiy natijasi, sertifikat yoki emlashning to‘liq kursini tugatganligi to‘g‘risidagi hujjatni (pasportni) majburiy taqdim etish, Covid-19 ga qarshi qayta emlash talabi saqlanib qoladi.