Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘ur va Samarqand tumanlarida agrologistika markazlari tashkil etiladi

Bu haqda Prezidentimizning viloyatimizga tashrifi chog‘ida aytilgan va tegishli vazifalar belgilangan.

Shuningdek, salohiyatli tadbirkorlarni jalb qilgan holda “Urgut” erkin iqtisodiy zonasida sun’iy tolalar va polimer (viskoza, poliestr, neylon, akril, polimer) xomashyosini hamda ip-kalavani chuqur qayta ishlashga ixtisoslashgan xolding tashkil etiladi. Umumiy qiymati 500 million dollarlik hamda elektrotexnika sanoati yo‘nalishida xolding tashkil etilib, umumiy qiymati 250 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jamg‘armasi yoki O‘zbekiston - Abu Dabi investitsiya kompaniyasining sarmoyalari elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalariga jalb etiladi.