Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urda Bandlikka ko‘maklashish markazining yangi binosi qurildi

Kecha, 7 noyabr kuni Bulung‘ur tumanida Bandlikka ko‘maklashish markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda tuman hokimi B.Bahromov, Bandlik bosh boshqarmasi birinchi o‘rinbosari M.Rustamov va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Ushbu bino 1 milliard 85 million so‘m mablag‘ evaziga barpo etilgan bo‘lib, xodimlar va mijozlar uchun keng va shinam xonalar zamonaviy kompyuter jihozlari bilan ta’minlangan, xodimlar uchun har tomonlama zamonaviy sharoitlar yaratilgan.