Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urda Baxshilar sayli bo‘lib o‘tdi

Qadim an’ana va qadriyatlarimizni o‘zida mujassamlashtirgan sayilda sirdaryolik Dilmurod baxshi, nurobodlik Shavkat baxshi va bulung‘urlik Sherqo‘zi baxshi Bulung‘ur dostonchilik maktabi asoschisi Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li aytgan termalardan aytishdi.

- Folklorshunos olim Malik Murodov Fozil Yo‘ldoshga «O‘zbek Gomeri», deya ta’rif bergan edi, - deydi bulung‘urlik baxshi Sherqo‘zi Norbekov. – Uning ijodini o‘rganish, sayqallashtirish, Bulung‘ur baxshilik maktabini qayta tiklash bizning oldimizda turgan mas’uliyatli vazifalardan biridir. Bugun baxshilarimiz Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li aytgan termalarni o‘z yo‘nalishlarida ijro etdi. Bir-birimizdan takrorlanmas bu san’atning o‘ziga xos uslublarini o‘rgandik, tajriba almashdik.

Shuningdek, tuman madaniyat bo‘limi maqomchilar va "Chavqi" folklor ansambli kuy-qo‘shiqlari, milliy o‘yinlari sayilga o‘zgacha shukuh      bag‘ishladi.