Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urda qidiruvdagi shaxs ushlandi

“Yuqori nuqta” YPX maskanida to‘xtatilgan “Cobalt” avtomobilining haydovchisi qidiruvda bo‘lib chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, 23 aprel kuni soat 21:40 larda Bulung‘ur tumani hududidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining 1039-kilometrida joylashgan “Yuqori nuqta” YPX maskanida “Toshkent-Termiz” yo‘nalishida harakatlanib kelgan “Cobalt” rusumli avtomobil to‘xtatilib maxsus dastur orqali tekshirilgan.

Natijada, haydovchi B.A.ning ma’lumotlarida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 251-1-moddasida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir qilganlikda ayblanib, qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro B.A. Bulung‘ur tumani IIBga topshirilgan.