Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bulung‘urda sodir bo‘lgan mudhish YTHda ikki kishi vafot etdi

Kecha, 18 fevral kuni soat 06:40 larda Samarqand viloyati, Bulung‘ur tumanida haydovchi O.I. boshqaruvida bo‘lgan “Isuzu” rusumli avtobus hamda ushbu yo‘nalishda qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan haydovchi F.Q. boshqaruvida bo‘lgan “Neksiya” rusumli transport vositalari ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘lgan.

Oqibatda “Neksiya” rusumli transport vositasi haydovchisi F.Q. va ushbu avtomashina yo‘lovchisi F.X.lar voqea joyida vafot etishgan.

Yo‘lovchilar D.X. va N.R.lar tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.