Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Buxoroda kambag‘allikni qisqartirish mavzusida xalqaro forum boshlandi

Unda 250 dan ortiq mahalliy va xorijiy iqtisodchilar, hamkor davlat va xalqaro moliya institutlari vakillari ishtirok etmoqda.

Tadbir avvalida Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov O‘zbekistonda 2026 yilgacha kambag‘allikni 2 barobarga qisqartirish uchun ko‘riladigan choralar haqida gapirdi.

Forum davomida kichik va o‘rta biznesning rivojlanishi uchun zarur sharoitlar yaratish va shu orqali barqaror ish joylari ochish, inson kapitalini rivojlantirish va mehnat unumdorligini oshirish, energiya resurslari narxlarini liberallashtirish va samarasiz subsidiyalar hajmini kamaytirish hisobiga ijtimoiy loyihalarga yo‘naltiriladigan davlat resurslari miqdorini ko‘paytirish kabi dolzarb masalalar tahlil qilinmoqda.

Ushbu tadbirda viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish boshqarmasi boshlig‘i Jamshid O‘roqov, iqtisodchilar va faoliyati davomida yaxshi tashabbus ko‘rsatayotgan va salmoqli natijalarga erishib kelayotgan mahallalardagi hokim yordamchilari ham ishtirok etmoqda.

Forum doirasidagi tadbirlar ertaga, 27 may kuni davom etadi.