Buyuk Britaniyadagi parlament saylovlarida Leyboristlar g‘alaba qozondi, Rishi Sunak hukumat rahbarligidan ketishini tasdiqladi
- 05.07.2024 11:27
- 74
- Xorij
Britaniya parlamenti saylovlarida leyboristlar, ovozlar hisobiga ko‘ra, Jamoatlar palatasida 650 o‘rinning yarmidan ko‘pini qo‘lga kiritib g‘alaba qozondi. Shu tarzda Britaniyada 14 yildan buyon ilk bor hukumat o‘zgaradi, konservatorlar o‘rnini leyboristlar egallaydi, Rishi Sunak o‘rniga Kir Starmer yangi bosh vazir bo‘lishi kutilmoqda.
Rishi Sunak iste’foga chiqishdan oldin Londondagi matbuot anjumanida saylov natijalari haqida gapirmoqchi. Konservatorlar umuman olganda mag‘lub bo‘lganiga qaramay, ularning yetakchisi Sunak parlamentdagi o‘z o‘rnini saqlab qoldi.
Parlament saylovlarining yakuniy rasmiy natijalari tez orada e’lon qilinishi kutilmoqda. Shundan so‘ng saylovlarda mag‘lubiyatga uchragan konservatorlar partiyasidan bo‘lgan bosh vazir Rishi Sunak qirol Charlz III ga mamlakat hukumati o‘zgarishi haqida xabar beradi.
O'xshash xabarlar
So'nggi yangiliklar
Har bir rahbar o‘z maktabida ko‘chat o‘tqazsa...
- Kecha, 18:25
- Ta’lim
O‘rmon va qo‘riqxonalarni qanday asrayapmiz?
- Kecha, 16:32
- Jamiyat