Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Buyuk Xitoy devorini kimlar qurgan? Vertolyot qanday paydo bo‘lgan?

Buyuk Xitoy devori ko‘chmanchilarni shimoldan mamlakatga bostirib kelishidan himoya qilish uchun qurilgan.

XVII asrda manjurlar Xitoyni bosib olgach, aksincha xitoyliklarni Manjuriyaga kirishining oldini olish uchun devor qurdilar. Ayrim uchastkalarda manjurlar devori Buyuk Xitoy devori bilan tutashib ketib, 1300 kilometrni tashkil etgan.

***

Vertolyot rotori – aylanishdan ko‘tarilish kuchi hosil qilishi... U eramizdan oldingi IV asrda Xitoyda ixtiro qilingan o‘yinchoq bo‘lgan.

Taxtachaga bambukdan tik o‘q o‘rnatilib, uchida parraklar aylangan va o‘yinchoqni havoga ko‘targan. Bu “vertolyotcha“ Uyg‘onish davrida Yevropada ma’lum bo‘lgan. Shuningdek, u Leonardo da Vinchining ayrim polotno va rasmlarida ham bor.

 T.Shomurodov tayyorladi.