Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidagi ichimlik suvi tarmog‘i yangisiga almashtirilyapti

Kecha 10 oktyabr kuni Zarnews.uz saytida “Bartaraf etildi”, deya yolg‘on ma’lumot berilaveradimi?” sarlavhali maqolada ko‘rsatilgan muammo va kamchiliklar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Samarqand shahrining ayrim magistral ko‘chalari ostidan o‘tgan ichimlik suvi tarmoqlarining eskirib ketgani sabab texnik jihatdan tez-tez tarmoqlarda nosozliklar (avariyalar) kelib chiqmoqda.

Masalan, Samarqand shahridagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasidan o‘tgan diametri 500 millimetrlik  yuqori bosimli magistral ichimlik suvi tarmog‘i 1969 yilda qurilib foydalanishga topshirilgan. U texnik jihatdan eskirgani bois tarmoqda muammolar mavjud. Xususan, 2019 yilning o‘tgan davrida tarmoqda 3 marotaba nosozlik kuzatildi.

Hozirda Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasining Amir Temur va Ali Qushchi ko‘chalari oralig‘idagi diametri 500 millimetr, uzunligi 1087 metr bo‘lgan yuqori bosimli magistral ichimlik suvi tarmog‘ini almashtirish ishlari olib borilmoqda.

Mazkur uchastkada yangi qurilayotgan ichimlik suvi tarmog‘ini almashtirish ishlari 2019 yilning 30 oktyabriga qadar davom etadi.

“Suvoqava” davlat unitar korxonasi Samarqand shahar filiali.