Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chegara bojxona postidan giyohvandlik moddasini olib o‘tmoqchi bo‘lgan shaxsning avtomashinasi musodara qilindi

“Jartepa” chegara bojxona posti orqali qo‘shni davlatdan respublikamizga kirib kelgan fuqaro S.G‘. bojxona nazorati zonasidan o‘tish vaqtida, o‘zini tutushi bojxonachilar e’tiborini tortadi.

Uning boshqaruvida bo‘lgan “Tracker Trkat” rusumli avtotransport vositasi sinchkovlik bilan tekshirilganda rulning past qismida to‘kilgan holda turgan yashil rangli o‘tkir hidli, o‘tsimon, sof og‘irligi 0,31 gramm “marixuana” giyohvandlik vositasi topilib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirilib olingan.

Samarqand viloyat sud tibbiy ekspertiza byurosining xulosasiga ko‘ra, sudlanuvchi S.G‘.ning organizimidan kanabinioidlar (nasha, komponentlari) aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan sud hukmi bilan sudlanuvchi S.G‘.ga bazaviy hisoblash miqdorining 200 baravari miqdorida 54 million so‘m jarima jazosi tayinlangan.

Shuningdek, “Tracker Trkat” rusumli avtomashinasi jinoyat quroli sifatida davlat foydasiga musodara qilingan va topilgan “marixuana” giyohvandlik vositasi tegishli tartibda yo‘q qilingan.