Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chekishni tashlash uchun 25 sabab

Bugun, 31 may – Butunjahon tamakiga qarshi kurash kuni! Mazkur sana BMT tomonidan rasman ta’sis etilgan. Mutaxassislar tamakiga qarshi kurash kuni arafasida chekishni tashlash uchun eng muhim 25 sababni eslatib o‘tishdi. Quyida ular bilan tanishasiz.

1. Umringiz uzayadi.
2. Salomatligingiz yaxshilanadi.
3. Tamaki iste’mol qilish natijasida yuzaga keladigan og‘ir surunkali kasalliklar xavfi sezilarli darajada kamayadi.
4. Nafas olishingiz osonlashadi, o‘pkangiz kuchliroq va toza bo‘ladi.
5. "Chekuvchi yo‘tali" yo‘qoladi.

6. Sizdan tamaki hidi kelmaydi, tishlaringiz oqaradi va kuchliroq bo‘ladi.
7. Sochlaringiz sog‘lomlashadi.
8. Kiyimlaringizdan tutun hidi kelmaydi.
9. Barmoqlaringiz uchlarida tamaki hidi bo‘lmaydi va sarg‘aymaydi.
10. Siz chekuvchilar kabi tez qarimaysiz.
11. Yuz teringiz tiniqlashadi.
12. Tanangizdagi kuch va energiya faollashadi.

13. Boshqalarga qaraganda tezroq va uzoqroq yugurishingiz yoki mashq qilishingiz mumkin.
14. Pullaringiz iqtisod qilinadi, chunki kuniga falon pul turadigan sigaretdan bir quti cheksangiz, bir yilda tejab qolgan pulingiz qancha bo‘lishini hisoblab chiqish qiyin emas.

15. Hid va ta’m sezish hislaringiz sezilarli darajada yaxshilanadi, taomlar ancha mazali bo‘ladi.
16. Bo‘sh vaqtingiz ko‘payadi.

17. Keyinga qoldirmasdan, hozir tashlash oson.
18. Endi siz o‘zingiz va boshqalar sog‘lig‘iga zarar yetkazmaysiz. Yoningizda bo‘lish boshqalarga noqulaylik tug‘dirmaydi.
19. Chekmaydigan yangi do‘stlar orttirishingiz mumkin.
20. Endi sigaretni sotib olish kerakligi haqida bosh qotirmaysiz.
21. Siz boshqalarga o‘rnak bo‘lasiz.
22. Yaxshiroq uxlaysiz.

23. Endi chekishni ota-onangiz va yaqinlaringizdan yashirishingiz shart emas.
24. Sog‘lom nasl qoldirishingizga ishonchingiz komil bo‘lishi mumkin.
25. Miyangiz yaxshi ishlaydi va tezroq qaror qabul qila boshlaysiz.