Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Chimyonda xorijlik sayyohlarga xizmat qilayotgan avtobus jarlikka quladi

Joriy yilning 22 sentyabr kuni soat taxminan 15.30 larda Toshkent shahar, ”EASY GO TRANS” MChJga tegishli bo‘lgan “GOLDEN DRAGON” rusumli, U.A. boshqaruvidagi davlat raqami 01039 NEA bo‘lgan avtobus Hindiston davlatining 20 nafar turistlari bilan “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining 81-kilometrida yo‘lning o‘ng chetidagi avtotransportlar turargohida to‘xtagan.

Mazkur avtobus haydovchisiz va yo‘lovchilarsiz bo‘lgan va uzatmalar qutisi neytral holatda turgan vaqtida harakatlanib ketgan. Taxminan 30-40 metrlar yurib, qatnov yo‘lining o‘ng tomonidagi 10 metr pastlikka tushib to‘xtagan.

Avtobus 2016 yilda ishlab chiqarilgan va texnik soz bo‘lgan. Transport vositasiga Toshkent shahar transport boshqarmasi tomonidan litsenziya varaqasi berilgan.

Toshkent viloyati IIBB YHXB matbuot xizmatining xabar berishicha, mazkur holatda hech kim tan jarohati olmagan. Faqat avtobus texnik shikastlangan bo‘lib, qisqa muddatlar ichida uni chiqarish choralari ko‘rilgan.